
"Real" yarim himoyachisi Xorvatiya chempionatida faoliyat olib boradigan futbolchi va murabbiylar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma yakuniga ko'ra, " Trofej Nogometaš" sovrinini qo'lga kiritdi.
Modrich 10-marotaba ushbu mukofotni qo'lga kiritdi. Mukofot 2013 yildan beri topshiriladi va o'shandan beri faqat Luka ushbu sovrinni qo'lga kiritib keladi. G'oliblik uchun Modrichdan tashqari Ivan Perishich va Marko Livaya davogarlik qilgandi.
Qo'shimcha malumot uchun, Xorvatiyada shuningdek Xorvatiya futbol ittifoqi tomonidan eng yaxshilarga topshiriladigan mukofot ham bor. Modrich 2007, 2008, 2011, 2014, 2016, 2017, 2018, 2019, 2020 va 2021 yillarda ushbu sovrinni qo'lga kiritgan.

UFC Fight Night 266. To'rt jangchi vazn qila olmadi, ular orasida Muin Gafurov ham bor
Kamaru Usman SHavkat Rahmonovning UFC reytingidan chiqarib tashlanganiga munosabat bildirdi