SportUz.Tv

Boks terma jamoamiz asosiy tarkib bilan Qozog'istonda yig'in boshladi

13.03.2026 13:00    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 26 martga qadar Qozog'istonning SHimkent viloyatidagi "Alma-Tau" sport bazasidagi xalqaro qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi.

Bokschilarimiz qo'shni davlatga etib borish va u erda mezbonlar bilan birgalikda yana bir nechta xorijiy mamlakat sportchilari bilan yig'inga kirishishdi. 

Ushbu mashg'ulotlar oldinda turgan muhim musobaqalar, jumladan, kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati, Braziliyada bo'lib o'tadigan World Boxing kubogi bahslari kabi turnirlar uchun tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.

Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:

Jalilov Asilbek

Hatamov Sardorbek

Meliko'ziev SHodiyorjon

Olimov Samandar

Tastanov Sobirjon

Muzaffarov SHaxzod

Do'smatov Faryozbek

Abdunazarov Abdulaziz

Xalokov Abdumalik

Maxmudjonov Abdurahmon

Abdumurodov Dilshod

Madaminov Abdulloh

Muxitdinov Atxam

Mo'ydinxo'jaev Asadxo'ja

Boltaev SHavkatjon

Abduraximov Javoxir

Xabibullaev Samandar

Asadullaev Havasbek

Erkinboev Fazliddin

Abdullaev Norbek

Ummataliev Javohir

Yo'ldoshev Jasurbek

Isroilov Akmaljon

Sobirov Samir

Abdulhamidov Abdulaziz

Xabibullaev To'rabek

Mamasoliev Halimjon

Maxanov Arman

Aliev Ozodbek.

Bosh murabbiy: To'lqin Qilichev.

Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners Tissert, Rahmatjon Ro'ziohunov, Akmal Hasanov, Alimardon Dostanov, Ramzjon Ahmedov, SHerzod Ahmadjonov, Ruslan Telimbaev, Davron Gafurov.

SHifokor: Komiljon Rasulov.

Fizioterapevt: Xesus Alberto.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: