
Sadio Mane myunxenliklar safidagi dastlabki 2 o'yinda gol urdi. U kecha frankfurtliklar darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, bir necha kun oldin esa Germaniya Superkubogida "RB Leypcig" (5:3)ga to'p kiritgandi.
SHu tariqa, Mane “Bavariya” safida bunday natija ko'rsatgan Mario Manjukichdan keyingi ilk futbolchiga aylanadi. Manjukich 2012/13 yilgi mavsum “qizillar” safidagi dastlabki 4 o'yinda gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Mane yozgi transferlar vaqtida “Liverpul”dan Bundesliga grandi tarkibiga kelib qo'shildi va myunxenliklar bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.
SHohjahon Ergashevning qozog'istonlik raqibga qarshi yangi jang sanasi rasman malum qilindi (POSTER)