SportUz.Tv

Tayson Fyuri: "Joshua bilan jang uchun shartnoma imzolaganman"

14.04.2026 17:18    


Rasmni yuklab olish

Tayson Fyuri Entoni Joshuaga qarshi jang uchun shartnoma imzolaganini malum qildi.

"Men shartnomani imzolaganman, ish bitgan. Unda nechta jang borligi muhim emas, keling, hech bo'lmasa bittasini o'tkazaylik.

Uni ringga bitta sabab bilan chaqirishdi — jangni kelishib olish uchun. Men bir necha oy oldin imzo qo'yganman. Entoni qo'ydimi-yo'qmi, bilmayman, lekin u jangni xohlamayotgandek ko'rinmoqda. U hayron bo'lib qoldi va nima deyishni bilmadi. Uning o'rnida bo'lganimda, ringga chiqib, yuzma-yuz turib: “Ketdik!” derdim.

Hali ham jang bo'lishiga ishonch yo'q. Men boshqa hech narsa qila olmayman. Biladiganim — u “ha” demadi.

Gonorarlar? Qanday bo'linishini bilmayman. Bu meni qiziqtirmaydi. U 600 million funt olsa — omad, men 50 pens olsam ham — menga omad.

Bu yil uchta jang o'tkazmoqchiman, raqib kim bo'lishidan qati nazar", — dedi Fyuri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: