SportUz.Tv

Lukaku yana jarohat oldi

01.11.2022 14:25    


Rasmni yuklab olish

"Inter"ning belgiyalik to'purari safdan chiqdi.

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku sonining orqa qismidan jarohat oldi, deb xabar berdi "Sky Sport Italia". Belgiyalik futbolchi CHempionlar Ligasi 6-turidan o'rin olgan "Bavariya" bilan o'yinni (1 noyabr) va A Seriyada "Yuventus"ga qarshi o'yinni (6 noyabr) o'tkazib yuborishi aniq.

Bu Lukakuning "Inter"ga qaytganidan keyin orttirib olgan ikkinchi jarohatidir. Avvalroq u avgust oyining oxirida soni shikastlangani tufayli deyarli ikki oyni o'tkazib yuborgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: