SportUz.Tv

BUM! Bahodir Jalolov Richard Torresni nokautga uchratgan Frenk Sanchesni jangga chorladi!

25.05.2026 15:12    


Rasmni yuklab olish

Super og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov kubalik Frenk Sanches bilan jang qilish istagini bildirdi.

33 yashar Sanches 23 may kuni Misrning Giza shahri mezbonlik qilgan professional boks oqshomida AQSH vakili Richard Torresni ikkinchi raundda chuqur nokautga uchratib, faoliyatidagi 26-g'alabasini nishonlagan edi.

Hamyurtimiz mazkur jang haqida o'z fikrini bildirar ekan, Frenk bilan jang qilish niyatida ekanini malum qildi.

"Frenk Sanches va Richard Torres o'rtasidagi jangni tomosha qildim. Boksda og'ir vazn toifasi shunday — birgina zarba hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Agar Frenk Sanches jang qilishni istasa — men tayyorman", deb yozgan Jalolov.

31 yoshli Bahodir prof faoliyati davomida hozirgacha 17 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: