SportUz.Tv

"Paxtakor" gruziyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

03.01.2023 09:00    


Rasmni yuklab olish

So'nggi mavsum AGMK sharafini himoya qilgan Giorgi Papava klubini o'zgartirdi.

Papava "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. 

"Faoliyati davomida Gruziyaning "Dinamo" Tbilisi va "Dila", Kiprning "Nea Salamis" va yurtimizda AGMK klublarida o'ynagan Papava yuqori ligalarda 242 o'yinda maydonga tushib, 7 gol muallifiga aylangan. Evrokuboklarda 19 uchrashuvda 1 to'p kiritgan. "Dinamo" Tbilisi bilan jamoa sardori sifatida 4 karra Gruziya chempioni bo'lgan. Endi navbat O'zbekiston chempionatiga" - deyiladi "Paxtakor" elon qilgan xabarda.

Oldinroq saytimizda "Paxtakor" Papava hamda "Nasaf" himoyachisi bilan shartnoma tuzgani elon qilingan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: