SportUz.Tv

"Manchester Yunayted" bu safar "Bornmut"ga imkon qoldirmadi

04.01.2023 10:23    


Rasmni yuklab olish

Angliya Premer ligasining 19-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" – "Bornmut" uchrashuvida mankunianliklar yirik hisobda zafar quchishdi.

Uchrashuvda Erik Ten Xag shogirdlari navbatdagi g'alabani qo'lga kiritib, turnir jadvalida 4-pog'onani mustahkamlab olishdi. MYU va 3-o'rindagi "Nyukasl"ning ochkolari teng, ammo "qizil iblislar" bitta kam o'yin o'tkazishgan.

"Manchester Yunayted" – "Bornmut" 3:0

"Old Trafford" stadioni

Bosh hakam: Maykl Salisburi

Gollar: Kazemiro (Eriksen) 23, SHou (Garnacho) 49, Reshford (Fernandesh) 86

"Manchester Yunayted": De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 69), Maguayr, Lindelef (Martines, 88), SHou, Eriksen (Fred, 68), Kazemiro, Brunu Fernandesh, van de Bek (Garnacho, 45), Marsyal (Elanga, 69), Reshford.

"Bornmut": Trevers, Smit (Steysi, 63), Senesi, Mifem, Kelli, Kristi (Dembele, 76), Lerma (Rotuell, 84), Kuk, Billing (Mur, 76), Solanke, Entoni.

Ogohlantirishlar: Billing (36), Smit (46), Steysi (75).


Angliya Premer ligasi turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> APL

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: