SportUz.Tv

"Torino" SHomurodovning ijarasi uchun qancha to'lamoqchi?

13.01.2023 14:46    


Rasmni yuklab olish

Muzokaralar boshlangan.

Malumotlarga qaraganda, "Torino" Eldor SHomurodovni mavsus so'ngigacha ijaraga olish uchun "Roma"ga rasmiy taklif bilan chiqqan.

Turin klubi sotib olish huquqini o'z ichiga olmagan ijara uchun 1 million evro to'lamoqchi. "Roma" futbolchi bilan xayrlashishga tayyor, biroq 12 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga berish istagida.

27 yoshli SHomurodov Rim jamoasida 2021 yilning avgustidan beri o'ynamoqda. U ushbu mavsum "Roma" libosida 8 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

Transfermarkt portali O'zbekiston terma jamoasi sardorini 7 million evroga baholamoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: