
Musobaqa dasturiga ilk bor kiritilgan MMA bahslarida ishtirok etayotgan uch nafar aralash yakkakurash ustamizning bari final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. -60 kg vazn toifasida kurashayotgan Firdavs Atamuradov yarim finalda qirg'izistonlik Dastan Kanibek Uluni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi u oltin medal uchun tojikistonlik Mirzobek Umarov va pokistonlik Asim Xan o'rtasidagi bahs g'olibiga qarshi gilamga chiqadi.
MMA musobaqasining ayollar o'rtasidagi -60 kg vazn toifasi bellashuvida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Hilola Sobirova 1/2 finalda kambodjalik Dalin CHendan ustun keldi. Tajribali Sobirova ikkala raundda ham yaqqol ustun bilan zafar quchdi.
