SportUz.Tv

Sardor Rashidov "Paxtakor"ga qaytdi

15.02.2023 16:46    


Rasmni yuklab olish

Tajribali futbolchi Qatarning "Umm Salal" jamoasi bilan xayrlashib, O'zbekistonga qaytdi.

Yarim himoyachi yurtimizga qaytdi va faoliyatini yana "sherlar" safida davom ettiradi.

"Oxirgi ikki mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan Sardor Rashidov joriy mavsumni ham "Paxtakor" safida o'tkazadigan bo'ldi. U 2023 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Avvalgi mavsumda Sardor birinchi davrada jamoamiz tarkibida maydonga tushib, keyinchalik Qatarning "Umm Salal" klubiga ko'chib o'tgandi. Rashidov erkin agent sifatida "Paxtakor" safini to'ldirdi. Umid qilamizki, u jamoamiz bilan ko'plab g'alabalarga erishib, "sherlar" uchun sovrinlar yutishga yordam beradi. "Paxtakor"ga qaytishing muborak, Sardor!", - deyiladi klub xabarida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: