SportUz.Tv

PSJga Mourino varianti qiziq ko'rinmoqda

18.02.2023 11:00    


Rasmni yuklab olish

PSJ klubi maslahatchisi Luish Kampush Joze Mourino bilan PSJga o'tish variantini muhokama qildi.

Avvalroq Parij klubining bir necha futbolchilari Kristof Galtening darajasiga shubha bilan qaray boshlaganliklari xabar qilingandi. SHu sababli, klub rahbariyati vaziyat yomonlashgan taqdirda nima qilish haqida o'ylashni boshlagan. 

PSJda murabbiy almashtirish mavzusi boshlanganda doimo Mourino varianti yodga olinadi. 

Hozircha PSJ bu borada "Roma"ga aloqaga chiqmagan. Ammo parijliklar klubi prezidenti Nosir al Helayfi va "Roma" xo'jayini Den Fridkin o'rtasidagi munosabatlar juda ajoyib.

Mourinoning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilda o'z yakuniga etadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: