
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu chamasi 25 metr uzoqlikdan raqib darvozasini ishg'ol etib, muvozanatni tikladi. Portugaliyalik 2022 yil 16 apreldan beri ilk bor (MYUning “Norvich”ga qarshi o'yinida) jarima zarbasidan gol urdi va bu borada umumiy kiritgan to'plari sonini 59 taga etkazib oldi. 38 yoshli forvard mazkur natija bo'yicha tarixdagi eng yaxshilar o'nligiga kirdi.
Jarima zarbasidan eng ko'p gol urgan futbolchilar:
1. Junino Pernambukano – 77;
2. Pele – 70;
3-4. Viktor Legrotale – 66;
3-4. Ronaldino – 66;
5. Devid Bekxem – 65;
6-7. Diego Maradona – 62;
6-7. Ziko – 62;
8. Messi – 61;
9. Ronald Kuman – 60;
10... Krishtianu Ronaldu, Rojerio Seni, Marselino Karioka – 59 tadan.
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?