SportUz.Tv

U-20 Jahon chempionati qurasi bekor qilindi, turnir boshqa davlatda bo'ladi

26.03.2023 15:00    


Rasmni yuklab olish

Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida Indoneziyada o'tishi kerak bo'lgan U-20 Jahon chempionati bahslari uchun qura marosimi bekor qilinganligini yozdi.

"31 mart kuni o'tishi kerak bo'lgan U-20 Jahon chempionati qurasining bekor qilinishi bir narsani anglatadi: turnir eng kamida 20 may kuni boshlanmasligi mumkin. Eng ko'pida esa, nafaqat boshqa sanalarda, balki, Indoneziyada ham bo'lmasligi mumkin", deb yozadi Nikimbaev.

SHuningdek, navbatdagi yozgan postida u Indoneziya davlati turnirni qabul qilishga tayyor emasligiga shama qilib o'tgan.

"Undan tashqari, U-17 Jahon chempionati ham noyabrda Peruda o'tkazilmasligi mumkin. Peru davlati hukumati tashkiliy qo'mitaga yordam berishdan bosh tortayotgani borasida yozishdi va shu sababli katta ehtimol bilan tutnir boshqa davlatla olib ketiladi.

2019 yilda Peru 17 yoshlilar o'rtasidagi JCHni qabul qilishi kerak edi, ammo davlatning tayyor emasligi sababli turnir Braziliyaga ko'chirilgandi.

SHu sababli Peruga 2021 yilgi turnirni topshirishdi, biroq bu pandemiya sababli bekor qilindi. Ammo ular hatto 2023 yilgi turnirni ham qabul qilishga tayyor emas ekan".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: