SportUz.Tv

Osiyo kubogi-2023. O'zbekiston qura jarayonida ikkinchi savatchada bo'ladi

29.03.2023 12:46    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, Osiyo kubogi-2023 keyingi yil yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqaga 11 may kuni qura tashlanadi. Qura jarayonida terma jamoalar o'sha paytdagi FIFA reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi.

O'zbekiston terma jamoasi 6 aprel kuni elon qilinadigan FIFA reytingiga ko'ra, ikkinchi savatchada bo'ladi.

Osiyo kubogi-2023 qurasi uchun savatchalar quyidagicha bo'ladi:

1-savatcha
Qatar (musobaqa mezboni), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni

2-savatcha
Iroq, BAA, Ummon, O'zbekiston, Xitoy, Iordaniya

3-savatcha
Bahrayn, Suriya, Falastin, Vetnam, Qirg'iziston, Livan

4-savatcha
Hindiston, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Gonkong, Indoneziya

O'zbekistonga har bir savatchadan bittadan raqib tushadi. Masalan: Yaponiya, O'zbekiston, Bahrayn, Tailand. Yoki Qatar, O'zbekiston, Livan, Hindiston.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: