
Manbaga ko'ra, klub italiyalik o'yinchini "Villa Park"ga o'tishga ko'ndirishi kerak bo'ladi. Unai Emeri jamoasi kelishuvga jiddiy yondashmoqda. Oldinroq "Liverpul" Keza uchun 40 mln evro taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
25 yoshli futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda u 33 o'yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 mln evroga baholamoqda.

O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?