SportUz.Tv

"Meni olishingiz mumkin. Men Mbappega o'xshayman". Basketbolchi Adetokunbo o'z xizmatlarini "Al Hilol"ga taklif qildi

25.07.2023 17:00    


Rasmni yuklab olish

NBA'ning "Miluoki Buks" klubi basketbolchisi Yannis Adetokunbo hazil tariqasida Saudiya Arabistonining "Al Hilol"iga murojaat qildi va PSJ futbolchisi Kilian Mbappe o'rniga o'zining xizmatlarini taklif etdi.

Oldinroq "Al Hilol" Mbappe uchun PSJga rekord darajada 300 mln evro taklif qilgani, Saudiya Arabistoni klubi esa franciyalik hujumchiga yiliga 700 mln evro to'lashga tayyorligi malum bo'lgandi. Biroq OAV xabarlariga ko'ra, Mbappe Saudiya Arabistonida o'ynashni istamayapti.

"Al Hilol", meni olishing mumkin. Men Mbappega o'xshayman", – deb yozdi Adetokunbo.

Mbappening o'zi esa basketbolchining postiga kulib turgan emojilar bilan munosabat bildirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: