SportUz.Tv

Anchelotti "Real"ning mavsumoldi yig'ini haqida: "10 balldan 6 qo'ygan bo'lardim"

04.08.2023 13:23    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsumoldi yig'in haqida gapirdi.

Jamoa turne davomida "Barselona"ga 0:3, "Yuventus"ga 1:3 hisoblarida yutqazib, MYUni 2:0, "Milan"ni 3:2 hisoblarida mag'lub etdi. 

"Biz himoyadagi bunday bog'liqlikka o'rganmaganmiz. Himoyani kuchaytirishimiz kerak, chunki ko'p gol o'tkazib yubordik. Bu muammoni hal qilsak bo'ladi. 

Mavsumoldi yig'inga 10 balldan 6 ball qo'ygan bo'lardim. Muammolarni hal qilishimiz kerak. Hujum borasida havotir olayotganim yo'q - biz ko'p vaziyat yaratdik. Barcha to'rtta o'yinda biz nazoratga ega bo'ldik. Men ko'proq himoyadan havotir olyapman", - dedi Anchelotti. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: