SportUz.Tv

Neymar Franciya va Saudiya Arabistoni chempionatlarini taqqosladi

08.09.2023 12:00    


Rasmni yuklab olish

"Al Hilol" futbolchisi Neymar Saudiya Arabistoni chempionati haqida gapirdi.

"Saudiya Arabistonidagi futbol ham qolgan joylardagi kabi, to'p dumaloq. Bu erga kelayotgan katta nomlar sabab chempionat Liga 1'dan ham kuchayib ketishi mumkin. Mashg'ulotlar ajoyib o'tmoqda. Men sovrinlarga chanqoqman. "Al Hilol" bilan sovrin yutmoqchiman. 

Men uchun odamlar nima deyishi ahamiyatga ega emas. Ular Liga 1 darajasi pastligi haqida gapirishgandi. Ammo aynan o'sha erda men ko'p aziyat chekdim. 

Bu esa qiziqarli chempionat va ishonamanki siz buni tomosha qilasiz. Men ko'nikish bilan bog'liq muammolarga duch kelmayman", - dedi Neymar.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: