SportUz.Tv

MYU mavsumdagi 6 ta o'yindan 4 tasida yutqazdi. Bunaqasi 1986 yildan beri bo'lmagandi

21.09.2023 10:23    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" 1986 yildan beri eng yomon startni amalga oshirdi.

Erik ten Xag jamoasi mavsumdagi dastabki 6 ta o'yinning 4 tasida mag'lub bo'ldi. Kecha jamoa ECHL doirasida "Bavariya"ga yutqazdi (3:4).

So'nggi marotaba manchesterliklar 1986 yilda mavsumni mana shunday muvaffaqiyatsiz boshlashgandi. O'shanda murabbiy Ron Atkinson istefoga chiqqan va uning o'rniga Aleks Fergyuson ish boshlagandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: