SportUz.Tv

Osiyo o'yinlari. Futbolchilarimiz Gonkongni mag'lub etishdi

22.09.2023 18:46    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlaridagi ishtirokini boshladi.

Vakillarimiz ilk turda Gonkong terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazishdi va 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Terma jamoamizda yagona golga Ulug'bek Hoshimov 65-daqiqada mualliflik qildi.

Osiyo o'yinlari
Xitoy, Xanchjou 
"SC Sports Centre Stadium"
"S" guruhi
O'zbekiston U-23 - Gonkong U-23 1:0

Gol: Hoshimov 65.

O'zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (Asadbek Rahimjonov 90), 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Xojimat Erkinov (Ulug'bek Hoshimov 62), 8. Ibrohim Ibragimov (Bekzod SHamsiev 72), 10. Jasurbek Jaloliddinov (s), 14. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 17. Abdurauf Bo'riev, 18. Alibek Davronov, 19. Husayin Norchaev (Otabek Jo'raqo'ziev 72), 20. Ruslanbek Jiyanov (Alisher Odilov 62).

Ogohlantirishlar: Xin Pon 13, Xin Lan 24, Ibrohim Ibrohimov 20, Ulug'bek Hoshimov 88. 

(Foto: Hasan Paydoev)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: