SportUz.Tv

SHov-shuvli hakamlar APLning ushbu turida yana 2ta o'yinida ishlashi kerak edi

01.10.2023 15:46    


Rasmni yuklab olish

APLning 7-turida "Tottenxem" - "Liverpul" uchrashuvida VAR tizimida ishlagan hakamlar vaqtincha chetlatildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida mersisaydliklar futbolchisi Luis Dias gol urgandi. Biroq ushbu gol VAR tizimi hakamlari sababli hisobga olinmadi. Angliya hakamlar qo'mitasi ushbu holatda hakamlar xato qilganini tan oldi.

"The Times" xabariga ko'ra, ushbu bahsda VAR tizimida ishlagan hakamlar Den Kuk hamda Martin Inglend ushbu turda "Nottingem Forest" - "Brentford" hamda "Fulxem" - "CHelsi" bahsilarida ham VAR tizimida ish olib borishi kerak edi. Biroq ular bu uchrashuvlarda ishlamaydigan bo'lishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: