SportUz.Tv

Maxachev Getjining Topuriya bilan jangdagi g'alabasiga munosabat bildirdi

15.06.2026 12:54    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Islam Maxachev Jastin Getjini bugungi tarixiy g'alabasi bilan tabrikladi.

Amerikalik 37 yoshli aralash yakkakurash ustasi UFC White House - Freedom 250 turnirining asosiy jangida ispaniyalik Iliya Topuriyani texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratib, engil vaznning yangi chempioniga aylangandi. Islam qozonilgan g'alaba bilan tabriklar ekan, Jastin kamarga boshqalardan ko'ra ko'proq loyiq bo'lganini takidladi.

"Kimki o'zini katta olsa, xor bo'ladi. Bu o'yinda darajalar bor. Tabriklayman, Jastin, sen bu kamarga hammadan ko'ra ko'proq loyiqsan!", - deb yozdi Maxachev X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Islam bu gapi bilan Iliyani jangdan avval katta gapirgani va bir kun oldin do'stlarini yig'ib, hali qo'lga kiritmagan g'alabasini nishonlaganiga shama qilgan.

Ayni paytda Maxachev UFC’da 16 ta g'alabadan iborat seriyaga ega. Islamning hisobida jami 28 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. U Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida bo'lib o'tgan so'nggi jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, yarim o'rta vazn chempioniga aylangan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: