SportUz.Tv

Gvardiola ECHLda "Siti" bilan qatorasiga 17 o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. "Barselona"dagi rekord yangilandi

08.11.2023 17:46    


Rasmni yuklab olish

Pep Gvardiola CHempionlar ligasidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 17 o'yinga etkazdi.

"Manchester Siti" CHempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida "Yang Boyz"ni mag'lub etdi (3:0).

"SHaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola turnirda ketma-ket 17 uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmayapti.

Mutaxassis "Barselona"da o'rnatilgan o'zining rekordini ortda qoldirdi - o'shanda murabbiy ketma-ket 16 o'yinda mag'lub bo'lmagan.

Hozirda faqat uchta murabbiy Gvardioladan yaxshiroq ko'rsatkichga ega - Lui van Gal, Ottmar Xitsfeld (ketma-ket 19 o'yin) va Aleks Fergyuson (25 o'yin).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: