
"Matraschilar" rahbariyati futbolchining o'yinlaridan qoniqmoqda va unga yaxshilangan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ko'plab Evropaning top-klublari qiziqishiga qaramasdan, Lorente "Atletiko"dan ketmoqchi emas. Xabarlarga ko'ra, menejerlar o'yinchini qadrlashadi va uning vakillari bilan maoshi oshirilgan holda bitimni uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda.
26 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Paulo Kosta Eddi Xirn bilan shartnoma imzoladi va UFC`dan ozod etishini talab qildi
Getji deyarli uch oydan so'ng Oq uydagi turnirda Topuriyani qanday mag'lub etganini tushuntirdi