SportUz.Tv

FIFA Braziliya - Argentina o'yini sabab ish ochdi

25.11.2023 10:46    


Rasmni yuklab olish

FIFA Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ro'y bergan tartibsizliklar sabab ish ochdi.

Ushbu o'yin oldidan "Marakana" stadioni tribunasida tartibsizliklar bo'lgan va shu sababli o'yin vaqti ortga surilgandi. 

Argentina futbol associaciyasi tribunadagi tartibsizliklar va o'yin vaqti kechikishida ayblanmoqda. Braziliya futbol konfederaciyasi esa xavfsizlikni taminlay olmagani uchun jazoga tortilishi mumkin. 

O'yin oldidan bo'ladigan madhiya tugagach, tribunada muxlislar o'rtasida mushtlashuv boshlangandi. SHundan so'ng jamoalar kiyinish xonasiga kirib ketishgan, uchrashuv esa belgilanganidan 27 daqiqa kech boshlangan. Argentina uchrashuvda 1:0 hisobida g'alabaga erishgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: