SportUz.Tv

"Al Hilol" o'z maydonida "Al Nassr"ni yirik hisobda mag'lub etdi

02.12.2023 07:46    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistoni chempionatining 15-turida "Al Hilol" o'z maydonida "Al Nassr"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

SHu orqali "Al Nassr"ning 20 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi. "Al Hilol" esa ayni damda chempionatda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.

Al Hilol – Al Nassr 3:0

"Qirol Fahd" stadioni

Gollar: 1:0 – 64 Milinkovich-Savich, 2:0 – 89 Mitrovich, 3:0 – 90+2 Mitrovich.

Al Hilol – Yassin Bunu, Saud Abdulhamid, Kalidu Kulibali, Ali al-Bulayhi, Ruben Nevesh, Muhammad al-Burayk (Halifa al-Davsari, 84)Sergey Milinkovich-Savich, Salim al-Davsari (Salmon al-Faraj, 90+8), Mikael (Muhammad Kanno, 77), Malkom (Muhammad Jahfali, 90+8), Aleksandar Mitrovich.

Al Nassr – Navaf al-Aqidi, Sulton al-Gannam, Aymeri Lyaport, Ali Lajami, Aleks Telles (Ayman Ahmad, 37), Seko Fofana (Abdulrahmon G'arib, 72), Otavio, Marcelo Brozovich, Anderson Taliska, Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu.

Ogohlantirish: Otavio (40), Aleksandar Mitrovich (69), Kalidu Kulibali (79), Ayman Ahmad (90+2), Malkom (90+5).

CHetlatish: Ali al-Bulayhi (90+3).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: