
"Do'stlar, hammaga salom! Bugun shunday bo'lib qoldi. Bir narsani aniq aytaman - O'zbekiston kapitani taslim bo'lmaydi! Yana ko'rishamiz!", - dedi "Carevich" ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Bogdan Guskov aslida 1 avgust kuni Belgradda bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 283 turnirida Yan Blaxovichga qarshi revansh jangini o'tkazishi kerak edi. Biroq Ankalaevning raqibi amerikalik Xalil Rauntri jarohat olgach, uning o'rnini qisqa chaqiriqda Guskov egallagandi.
Malumot uchun, 33 yoshli Bogdan Guskov 2023 yil sentyabr oyida UFC’da debyut qilgan va o'shanda ham qisqa fursatda Volkan Ozdemirga qarshi jangga rozi bo'lgan va oqibatda birinchi raunddayoq yutqazib qo'ygan edi. O'shandan keyin u kema-ket to'rtta jangda muddatidan oldin g'alaba qozondi, o'tgan yilning dekabr oyida esa Yana Blaxovich bilan durang natija qayd etdi.
