
"Inter" himoyachisi Federiko Dimarko «gol+pas» tizimi bo‘yicha top-5 chempionatlardagi eng yaxshi himoyachilar to‘rtligiga kirdi.
26 yoshli futbolchi Italiya A seriyasining 21-turidan o‘rin olgan «Atalanta»ga qarshi o‘yinda (4:0) o‘z hisobiga bitta gol yozdi. Endi uning hisobida 4 gol va 6 assist bor.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropadagi himoyachilar orasida Aleks Grimaldo («Bayer», 8+9), Jeremi Frimpong («Bayer», 7+6) va Kiran Trippyer («Nyukasl», 1+10) yetakchilik qilishmoqda. Bu haqda "Opta" xabar tarqatdi.
Nursulton Ro'ziboev yorqin g'alabaga erishgan UFC Baku turnirining barcha natijalari bitta sahifada
Fiziev ishtirokidagi UFC Fight Night 280 turnirining markaziy jangi ham muddatidan avval tugadi