
Myunxenning "Bavariya" jamoasi UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 4-turida "Pari Sen-Jermen" klubini 2:1 hisobi bilan mag‘lub etdi va shu tariqa 2025/2026 yilgi mavsum boshidagi g‘alabalar seriyasi bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi.
"Bavariya" joriy mavsum boshidan buyon barcha musobaqalarda ketma-ket 16-ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Transfermarkt statistika portali ma’lumotiga ko‘ra, bu natija Yevropaning top-5 ligalari tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shu davr mobaynida nemis jamoasi 57 ta gol urdi va 11 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Mangu Ligasi Octagon League'ning o'zbekistonlik sobiq chempioni bilan shartnoma imzoladi + POSTER