SportUz.Tv

Boks. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi

14.12.2025 08:12    


Rasmni yuklab olish

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi.

O‘zbekiston delegasiyasi medallar hisob-kitobi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Jamoamiz turnirda 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-51 kg. Hasanboy Do‘smatov
-67 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev

Kumush medal:
-60 kg. Abdumalik Xalokov
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-92 kg. To‘rabek Xabibullayev
+92 kg. Arman Maxanov

Bronza medal:
-54 kg: Asilbek Jalilov
-57 kg: Xo‘janazar Nortojiyev
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev

Umumjamoa hisobida g‘oliblik Rossiyaga nasib etdi  7 ta oltin, 5 ta kumush va 1ta bronza medallari. Qozog‘iston delegasiyasi 3 ta oltin, bitta kumush va 2 ta bronza medallari bilan ikkinchi pog‘onani band etdi.

Medallar jadvali quyidagi ko‘rinishda:

1. Rossiya — 7-5-1 (13)
2. Qozog‘iston — 3-1-2 (6)
3. O‘zbekiston — 2-4-3 (9)
4. Ozarboyjon — 1-0-2 (3)
5. Qirg‘iziston — 0-1-1 (2)
5. Tojikiston — 0-1-1 (2)
7. Belarus — 0-1-0 (1)
8. Armaniston — 0-0-5 (5)
9. Gruziya — 0-0-2 (2)
9. Zambiya — 0-0-2 (2)
9. Ispaniya — 0-0-2 (2)
12. Kuba — 0-0-1 (1)
12. Mali — 0-0-1 (1)
12. Moldova — 0-0-1 (1)
12. Nepal — 0-0-1 (1)
12. Turkmaniston — 0-0-1 (1).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: