SportUz.Tv

Xarri Keyn Angliya terma jamoasida Devid Bekxem rekordini takrorladi

18.06.2026 06:48    


Rasmni yuklab olish

Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Jahon chempionatlari tarixida milliy jamoa safida uchta turli mundialda (2018, 2022, 2026) gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Devid Bekxemning (1998, 2002, 2006) natijasini takrorladi, deb xabar berdi Opta Analyst.

JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida Angliya Xorvatiyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Xarri Keyn dubl muallifi bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan so‘ng Keynda Jahon chempionatlari doirasida 12 o‘yinda 10 ta gol mavjud. Shu natija bilan u Angliya terma jamoasi tarixidagi mundiallarda eng ko‘p gol urganlar ro‘yxatida Xarri Lineker bilan tenglashdi. Lineker uzoq vaqt davomida bu reytingda yakka peshqadam bo‘lib kelgan.

Angliya terma jamoasi guruh bosqichi 2-turida 23 iyun kuni Ganaga qarshi maydonga tushadi. 3-turda esa 28 iyun kuni Panama bilan o‘ynaydi.

Xorvatiya terma jamoasi 24 iyun kuni Panamaga qarshi, 28 iyun kuni esa Ganaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: