
Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida 100 ta gollik marraga yetgan sakkizinchi jamoa bo‘ldi. Bu haqda Squawka statistik portali xabar berdi.
JCH-2026 guruh bosqichida Shvesiyaga qarshi kechayotgan bahsda Brayan Brobbi «lola ranglilar»ning 99 va 100-gollariga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Niderlandiya jahon chempionatlari tarixida kamida 100 ta gol urgan terma jamoalar safiga qo‘shildi.
Hozirgacha ushbu natijaga quyidagi jamoalar erishgan:
- Braziliya
- Germaniya
- Argentina
- Fransiya
- Italiya
- Ispaniya
- Angliya
- Niderlandiya
Ma’lumot uchun, JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi Niderlandiya — Shvesiya uchrashuvida niderlandlar Xyuston shahridagi stadionda 2:0 hisobida oldinda bormoqda.