SportUz.Tv

Abduqodir Husanov Kilian Mbappeni ortda qoldirdi

21.06.2026 14:36    


Rasmni yuklab olish

FIFA guruh bosqichining 1-tur yakunlariga ko‘ra, maydonda eng yuqori tezlik qayd etgan futbolchilar reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatning kuchli uchligidan O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi.

BBC nashri taqdim etgan reytingga ko‘ra, Husanov guruh bosqichining dastlabki uchrashuvida soatiga 36.5 km tezlikka erishgan. U bu borada faqatgina avstraliyalik Jordan Bosdan (36.7 km/soat) ortda qolib, norvegiyalik hujumchi Erling Holand bilan bir xil natija ko‘rsatgan holda 2-3-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Shuningdek, statistikada o‘zbekistonlik himoyachi koreyalik futbolchi Son Hyon Min (35.2 km/soat) va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappeni (35.1 km/soat) ortda qoldirgan.

JCH—2026: 1-turdan keyingi eng tezkor futbolchilar ro‘yxati:

1. Jordan Bos (Avstraliya) — 36.7 km/soat
2. Erling Holand (Norvegiya) — 36.5 km/soat
2. Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) — 36.5 km/soat
4. Muhammad Ture (Avstraliya) — 35.8 km/soat
5. Rayan Gravenberx (Niderlandiya) — 35.6 km/soat
6. Alan Minda (Ekvador) — 35.5 km/soat
7. Son Hyon Min (Janubiy Koreya) — 35.2 km/soat
7. Hed Spens (Angliya) — 35.2 km/soat
9. Kilian Mbappe (Fransiya) — 35.1 km/soat
10. Pedru Netu (Portugaliya) — 34.8 km/soat

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining ilk turida Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Fabio Kannavaro jamoasi navbatdagi o‘yinini Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: