SportUz.Tv

Yamal Messini ortda qoldirdi

21.06.2026 23:48    


Rasmni yuklab olish

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal jahon chempionatlari tarixidagi eng yosh gol mualliflari ro‘yxatining top-10 taligidan joy oldi.

18 yoshli futbolchi JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Saudiya Arabistoni darvozasini ishg‘ol qilib, mazkur reytingda 8-o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa, u Lionel Messini ortda qoldirdi.

Jahon chempionatlari tarixidagi eng yosh gol mualliflari:

1. Pele (Braziliya) — 17 yosh 239 kun
2. Manuel Rosas (Meksika) — 18 yosh 93 kun
3. Gavi (Ispaniya) — 18 yosh 110 kun
4. Ibraim Mbaye (Senegal) — 18 yosh 143 kun
5. Maykl Ouen (Angliya) — 18 yosh 190 kun
6. Nikolaye Kovach (Ruminiya) — 18 yosh 197 kun
7. Dmitriy Sichyov (Rossiya) — 18 yosh 231 kun
8. Lamin Yamal (Ispaniya) — 18 yosh 343 kun
9. Lionel Messi (Argentina) — 18 yosh 357 kun
10. Julian Grin (AQSH) — 19 yosh 25 kun

Eslatib o‘tamiz, Yamalning goli Ispaniyaning Saudiya Arabistoni ustidan 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Bu uning jahon chempionatlaridagi ilk goli bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: