
Jahon chempionatlari tarixida ilk bor bir mundialda bir vaqtning o‘zida uch nafar futbolchi 7 tadan gol urdi. Bu haqda MisterChip o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
JCH-2026ning eng yaxshi to‘purarlari:
Erling Xoland (Norvegiya) — 7 gol;
Kilian Mbappe (Fransiya) — 7 gol;
Lionel Messi (Argentina) — 7 gol.
Avvalgi jahon chempionatlari tarixida bir turnir davomida ikki nafardan ortiq futbolchi 7 ta gollik marraga yeta olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 1/8 finalida Norvegiya Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda norvegiyaliklar safida Erling Xoland dubl qayd etdi.
Chorak finalda Norvegiya terma jamoasi Meksika — Angliya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?