SportUz.Tv

Lionel Messi jahon chempionatlari tarixidagi rekordini yanada yangiladi

16.07.2026 02:12    


Rasmni yuklab olish

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH–2026 yarim finalida ikkita golli uzatmani amalga oshirib, jahon chempionatlari tarixidagi o‘z rekordini yanada mustahkamladi.

39 yoshli argentinalikning hisobida endi mundiallarda 12 ta golli uzatma mavjud. Bu jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Messining hamyurti Diyego Maradona egallab turibdi. U o‘z faoliyati davomida jahon chempionatlarida 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: