SportUz.Tv

Totti Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning JCH-2026 dagi o‘yiniga baho berdi

17.07.2026 17:48    


Rasmni yuklab olish

Italiyaning «Roma» klubi sobiq hujumchisi Franchesko Totti Argentina terma jamoasi futbolchisi Lionel Messi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Argentina JCH-2026 finaliga chiqdi, Portugaliya esa o‘z ishtirokini 1/8 final bosqichida yakunladi.

— Messining o‘z yoshida bu jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgani va Krishtianu Ronalduning unchalik muvaffaqiyatli ishtirok etmagani siz uchun kutilmagan hol bo‘ldimi?

— Biz ikkita «o‘zga sayyoralik» haqida gaplashyapmiz. Ular barcha yillar davomida eng kuchli futbolchilar bo‘lib kelishgan va kecha-yu kunduz e’tibor markazida bo‘lishgan. Shu bois ular har bir o‘yinda va har bir turnirda bor kuchi bilan harakat qilishga majbur edilar. Bu jahon chempionatida Messi Ronalduga nisbatan biroz ko‘proq narsa qildi, — dedi Totti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: