
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem mamlakat futboli tarixidan o‘rin oldi. U JCH–2026 uchinchi o‘rin uchun kechgan Fransiyaga qarshi bahsda (6:4) gol urib, Mundialdagi gollari sonini yettitaga yetkazdi.
Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, Bellingemning yettita goli Angliya terma jamoasi futbolchilari orasida bir jahon chempionati yoki Yevropa chempionati davomida qayd etilgan eng yaxshi to‘purarlik natijasi hisoblanadi.
JCH–2026 davomida Bellingem sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, Angliya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu inglizlar uchun mundiallardagi ikkinchi medal bo‘ldi. Bungacha ular 1966 yilgi jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
Qozog'istonlik Jahon chempioni Janibek Alimxanuli boshqa vaznga o'tayotganini elon qildi