
Ispaniya terma jamoasi Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA)ning yangilangan reytingida yana birinchi o‘rinni ko‘tarildi. Reytingning yangi talqini tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Bu natija ispanlar 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasini qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioni bo‘lganidan keyin qayd etildi.
Luis de la Fuente boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi FIFA reytingida Argentinani ortda qoldirib, peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Fransiya esa uchinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Shuningdek, jahon chempionatida 1/8 finalgacha yetib borgan Meksika terma jamoasi 14-pog‘onadan 10-o‘ringa ko‘tarildi. Germaniya esa kuchli o‘nlikni tark etdi.
O‘zbekiston milliy jamoasi esa Mundialda 10 pog‘ona yo‘qotib, 60-o‘ringa tushdi.
20 iyul holatiga ko‘ra FIFA reytingi:
Ispaniya — 1995,88 ochko
Argentina — 1970,37
Fransiya — 1948,97
Angliya — 1922,83
Braziliya — 1804,92
Marokash — 1803,99
Portugaliya — 1787,85
Belgiya — 1778,36
Niderlandiya — 1775,54
Meksika — 1754,30
...
60. O‘zbekiston — 1409,73 ochko.
Qozog'istonlik Jahon chempioni Janibek Alimxanuli boshqa vaznga o'tayotganini elon qildi