
«Manchester Siti»ning yangi yarim himoyachisi Enso Fernandes jamoada 17-raqam ostida to‘p suradi. Bu haqda Angliya klubining rasmiy sayti xabar berdi.
«Manchester Siti»da 17-raqamli futbolkani tanlagan Fernandes klubda o‘n yil davomida ushbu raqam ostida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan afsonaviy Kevin De Bryuyne izidan boradi.
Avvalroq bu raqamda Sun Szixay va Martin Petrov kabi futbolchilar ham harakat qilgan», — deyiladi klub xabarida.
Avvalroq Enso Fernandesning «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga transferi 145 million yevroni tashkil etgani xabar qilingan edi.
Argentinalik yarim himoyachi «Manchester Siti» bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Aleksandr Usik qachon rasmiy futbol o'yinida debyut qilishi haqida savolga javob berdi