SportUz.Tv

Jerar Pike «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga asosiy uch nafar favoritni aytdi

14.09.2026 21:36    


Rasmni yuklab olish

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Jerar Pike 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy uch nafar da’vogarni ma’lum qildi. Uning ro‘yxatidan «Barselona» futbolchilari Lamin Yamal va Rodri, shuningdek, «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn o‘rin olgan.

«Men uchun uchta asosiy favorit — Xarri Keyn, Lamin Yamal va Rodri», — deya Pikening so‘zlarini Daily Sport keltirgan.

2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mukofot har yili France Football jurnali tomonidan kalendar yilining eng yaxshi futbolchisiga beriladi.

«Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi — «PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembele.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: