
"Motivaciyam avvalgidek qolgan. Men bungacha Jorj Formanning rekordi meni qiziqtirishini aytganman. Oxirgi to'rt yil ichida aynan shu narsani o'ylayman", - dedi Vladimir Klichko.
Malumot uchun, Jorj Forman 45 yosh 299 kunligida boksga qaytgan va jahon chempioni bo'lgan. Klichko esa shu yili mart oyida 45 ga to'ldi.
U oxirgi jangini 2017 yilda Entoni Joshuaga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragandi.
"CHimaev va Striklendni jang oldidan uchrashishiga ruxsat bermagan bo'lardim" - Korme
"U eng munosibi". UFC jangchisi kim Islam Maxachev bilan kamar uchun jang qilishi kerakligini aytdi