
"Men hali MMAni tugatmadim. "Faoliyatimning shu bosqichida" deganda nimani nazarda tutyapsiz? Menga hali ham MMA yoqadi. Hozir har qachongidan ham yaxshi formadaman. Oxirgi to'qqiz oy davomida har kuni zalga boryapman, chunki bu menga yoqadi. Hozircha bu mening asosiy ishim. Albatta, boshqa ishlar ham bor, lekin bu asosiy ishim. Ertalab turib, xursandchilik bilan zalga boraman, xohlagan ishimni qilaman, keyin jang qilish imkoniyati bor-yo'qligini ko'raman.
Bu erkin insonning imtiyozi ham. Ko'chaga chiqasan, yoqtirgan ishing bilan shug'ullanasan, keyin jang qilish imkoniyati bo'lsa — jang qilasan. Agar bunday imkoniyat bo'lmasa, o'z ishing bilan band bo'lasan, pul topasan va hayotni davom ettirasan.
Biror ishni xohish bilan, zavq olib qilsang — eng yaxshi holat shu. Menimcha, janglardan haqiqiy lazzat ham ana shunda boshlanadi. Sen o'zingni majburdek his qilmaysan, hech kim seni jang qilishga majburlamaydi. O'zing xohlaganing uchun jang qilasan. Men hozir aynan shunday holatdaman", — dedi Ngannu.
"CHimaev va Striklendni jang oldidan uchrashishiga ruxsat bermagan bo'lardim" - Korme
"U eng munosibi". UFC jangchisi kim Islam Maxachev bilan kamar uchun jang qilishi kerakligini aytdi