
Qita chempionatida -71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Havasbek Asadullaev 1/2 finalda mo'g'ulistonlik Byamba-Erdene Otgonbaatarga qarshi ringga ko'tarildi. Hamyurtimiz bundan avvalgi bosqich, yani 1/4 finalda xitoylik Guofeng Lidan 5:0 hisobida ustun kelgandi.
Asadullaev to'liq uch raund davom etgan 1/2 final bahsida 4:1 hisobida g'alabaga erishdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining ettinchi bokschisi ham final ishtirokchisiga aylandi.

Top yarim engil vaznlilar UFC Fight Night 269 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi + POSTER
"U hatto yaxshi orzu qilishni ham bilmaydi". Topuriya - Maxachevning uni mag'lub etishi haqida