SportUz.Tv

Rasman! UFC chempion Xamzat CHimaevning keyingi raqibi kim bo'lishini elon qildi (POSTER)

13.03.2026 09:42    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaev o'zining ilk kamar himoya jangini o'tkazadi.

Unga sobiq chempion, amerikalik SHon Striklend raqib bo'ladi.

Mazkur titul bellashuvi 9 may kuni AQSHning Nyuark shahrida tashkil etiladigan UFC 328 turnirining markaziy bahsi sifatida o'tkaziladi.

Asli chechenistonlik, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli "Borz" CHimaev faoliyati davomida hozirgacha 15 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. U oxirgi jangida JAR vakili Drikyus Dyu Plessini mag'lub etish orqali o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.

35 yashar SHon Striklend hisobida esa 30 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat mavjud. U 2023-2025 yillar davomida UFC chempioni unvoniga egalik qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: