
Ukrainalik jahon chempioni o'z kamarini Yangi Zelandiya vakili Jozef Parkerdan himoya qiladi. Bokschilar va ularning jamoalari ixtiyorida kelishib olish uchun 30 kun muhlat bor. Agar belgilangan muddatda tomonlar kelishuvga erishmasa, WBO promouterlar uchun ochiq savdo elon qiladi.
Ayni paytda Aleksandr Usikning asosiy maqsadi yana mutlaq jahon chempioni bo'lish. Buning uchun u IBF chempionlik kamarini qaytarib olishi kerak bo'ladi. Hozirda ushbu kamar Daniel Dyubuaga tegishli bo'lib turibdi. Usikning menejeri Aleksandr Krasyukning aytishicha, hozirda Dyubuaning jamoasi bilan muzokara davom etmoqda.

Fyuri o'z cho'qqisidagi Usik va Mayk Tayson o'rtasidagi jangda kim g'alaba qozonishini aytdi
Xamzat CHimaev va Bogdan Guskov ishtirokidagi UFC 328 turnirining asosiy kardi tasdiqlandi