
Raqamlangan musobaqaning asosiy kardidan o'rin olgan navbatdagi bahs yakuniga etdi.
Unda yarim o'rta vazn toifasida harakat qiluvchi amerikalik 32 yoshli Kevin Xolland hamyurti Daniel Rodrigesga qarshi oktagonga ko'tarildi.
3 raundga mo'ljallangan bahs to'liq davom etdi. Yakunda Daniel hakamlarning yakdil qarori ila 29-27, 29-27, 29-27 hisobida
38 yashar faxriy Daniel Rodriges 25-jangidagi 20-g'alabasini nishonladi. Uning hisobida 5 ta mag'lubiyat ham bor. Ahamiyatlisi, bu Daniel uchun ketma-ket 3-g'alaba bo'ldi.
Kevin Xolland esa faoliyatidagi 42-jangida o'zining 14-mag'lubiyatini qabul qilishga majbur bo'ldi. U so'nggi ikki jangida g'alaba qozongandi.
Nursulton Ro'ziboev yorqin g'alabaga erishgan UFC Baku turnirining barcha natijalari bitta sahifada
Fiziev ishtirokidagi UFC Fight Night 280 turnirining markaziy jangi ham muddatidan avval tugadi