
Nyu-York (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy jangida Islam Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenaning chempionlik kamarini tortib olish uchun urinib ko'radi.
"O'ylaymanki, bo'lajak jangda Islam g'alaba qozonadi. Ikkalasi ham qiziqarli jangchilar. Islamning boshqa vazn toifasiga o'tishi qiziq tuyulyapti. O'ylaymanki, u bu jangda ko'proq kurash mahoratini ishga soladi", - dedi CHimaev o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi Red Corner MMA akkauntida.
Eslatib o'tamiz, Maxachev uchun bu yarim o'rta vazn toifasidagi debyut jang bo'ladi. Oxirgi jangda u Renato Moykanoni birinchi raunddayoq mag'lub etgan edi.

O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?