
Tokioda boks bahslari qizg'in pallasida. Bugun -91 kg vazn toifasida final jangi bo'lib o'tdi. Unda rossiyalik Muslim Gajimagomedov Kuba vakili Xulio Sezar la Krusga qarshi ringga chiqdi. To'qnashuv kubalikning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. SHu tariqa, Kuba ushbu Olimpiadada boks bo'yicha uchinchi oltin medalini qo'lga kiritdi.

Bronza medallari braziliyalik Abner Teysheyra hamda Yangi Zellandiya vakili Devid Nikaga nasib qildi.

Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Sanjar Tursunov himoya qilgan edi. Bokschimiz ilk jangidayoq mag'lubiyatga uchrab Tokio bilan xayrlashdi.
Nursulton Ro'ziboev yorqin g'alabaga erishgan UFC Baku turnirining barcha natijalari bitta sahifada
Fiziev ishtirokidagi UFC Fight Night 280 turnirining markaziy jangi ham muddatidan avval tugadi